"Sport TV" bugun "El Klassiko"ni namoyish etadi

16 apr 2014, 20:15
Bugun Ispaniya Kubogi final o'yini bo'lib o'tadi.
Valensiyadagi "Estadio de Mestalya" o'yingohida "Barselona" va "Real Madrid" o'rtasidagi ushbu mavsumdagi uchinchi "klassiko" "Sport" telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri olib ko'rsatiladi. Bu haqida kanal sharhlovchisi Zafar Imomxo'jaev ma'lumot berib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, o'yin Toshkent vaqti bilan 00:30da boshlanadi.

Manba: championat.asia