SPORT telekanali translyatsiya huquqini sotib olmagan

Narzulla Saydullayev
19 fev 2014, 15:32
Matbuotda SPORT telekanali mart oyidan boshlab Yevropaning kuchli chempionatlari translyatsiya qilishi haqidagi xabarlar chiqdi.
Telekanal vakillarining saytimizga xabar berishicha "SPORT TV" Angliya, Ispaniya va Italiya chempionatini namoyish etish huquqini sotib olmagan.

Biroq o'zbekistonlik futbol muxlislari ushbu chempionat o'yinlarini telekanal orqali kuzatib borishlari mumkin. O'yinlar qanday tarzda efirga uzatilishi hozircha noma'lum.

O'tgan yil aprelda "SPORT TV"da ushbu uchala milliy chempionat o'yinlarini namoyish etishni to'xtatgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia