Sport telekanali El-Klasikoni namoyish etmaydi

Narzulla Saydullayev
16 apr 2014, 11:51
17 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da Ispaniya Kubogi finalida Real va Barselona jamoalari o'rtasida uchrashuv o'tkaziladi.
O'zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasidagi ishonchli manbamizning ma'lumotiga ko'ra, Sport telekanali ushbu o'yinni translyatsiya qilmaydi.

Muxlislar o'yinni Rossiyaning Rossiya-2 va NTV+ Futbol kanallari orqali jonli efirda ko'rishi mumkin.

16 aprel kuni soat 23:45 da Angliya premer-ligasining Manchester Siti-Sanderlend uchrashuvi Sport kanalida jonli efirga uzatiladi. Manbamiz ma'lumotlariga qaraganda, futbol muxlislari qiziqishlarining kuchayganligi sabab Fransiya chempionati o'yinlari o'rniga Angliya birinchiligi namoyish etiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: daryo.uz