"Speciya" Maldinini ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
30 iyul 2022
Futbolchi boshqa jamoada tajriba orttiradi.

"Milan" yarim himoyachisi Daniel Maldini 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida "Speciya"da o'ynaydi. Buni klub matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Maldini – "Milan" tarbiyalanuvchisi. U klub asosiy jamoasi safida 2020 yilning fevralida  "Verona"ga qarshi (1:1) kechgan Italiya chempionati uchrashuvida debyut qilgan.

20 yoshli xavbek o'tgan mavsum 13 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: acspezia.com