"Spartak" - "Sochi" o'yinini boshqargan hakam ishdan chetlatildi

RFI hakamlar qo'mitasi raisi Ashot Xachaturyancning so'zlariga ko'ra, "Spartak" va "Sochi" (2:2) jamoalari o'rtasidagi RPL 1-turidagi o'yinni boshqargan Vasiliy Kazarcev ishdan chetlatilgan.

"Kazarcev va Eskov tekshirovdan o'tishadi. Kazarcev yaqin o'yinlardan chetlatildi", - dedi Xachaturyanc "Chempionat" nashriga.

Eslatib o'tamiz, o'yinda dastlab mezbonlar 2:0 hisobida oldinga chiqib olishdi, "Sochi" futbolchilari foydasiga belgilangan penaltilar natijasida o'yinda hisob tenglashdi.

"Spartak"ning o'yinini boshqargan hakam Instagram'dagi sahifasini o'chirib tashladi 


Manba: Championat.com