

Sport24 sayti jurnalisti Maksim Allanazarovga ko'ra, Moskva klubi Ufaga dastlab 2 million evro to'laydi. Agar futbolchi Spartakda ikki yil o'ynasa, Ufa yana 2 million evro oladi.
Manbaga ko'ra yana bir variant mavjud: Ufa O'runov uchun 2 million evro oladi va keyingi transferning yarim puliga ega bo'ladi.
Oldinroq Spartak O'runovni sotib olishga yaqin ekanligi, tomonlar shaxsiy shartnoma borasida muzokara olib borishayotgani va yaqin orada transfer rasman e'lon qilinishi haqida xabar chiqqandi.
O'runov Toshkentning Lokomotiv klubidan shu yilning fevral oyida Ufaga ko'chib o'tgandi.



