Spalletti Yaponiya termasida ish boshlashi mumkin

Narzulla Saydullayev
10 fev 2015
Yaponiya futbol Federatsiyasi terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Agirredan so'ng bo'shab qolgan o'ringa nomzod qidirmoqda.
Tashkilot texnik direktori Masaxiro Simoda ayni paytda Yevropada bir qator nomzodlar bilan muzokara o'tkazmoqda.

Nikkan Sports nashri xabariga ko'ra, federatsiya ro'yxatiga Luchano Spalletti, Xose Antonio Kamacho, Mikael Laudrup va Paulu Bentu kabi murabbiylar kirgan.

Oldinroq Galatasaroy sobiq ustozi Chezare Prandelli taklifga rad javobini bergandi, davogarlar orasida Luis Felipe Skolari va Leonardo ham bor.

Eslatib o'tamiz, Osiyo Kubogi-2015da Yaponiya chorak finalga qadar yetib borgan edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru