Spalletti: "Kulibalini sotsangiz, o'zimni darvozaning eshigiga zanjirlab qo'yaman"

Mirjalol Normatov
22 may 2022, 11:52
"Napoli" bosh murabbiyi Luchano Spalletti himoyachi Kalidu Kulibalining extimoliy sotib yuborilishi haqidagi savolga javob berdi.

"Kalidu menimcha sotib yuborilmasa kerak. O'tgan mavsumda rahbarlarning oldiga kirib, uni sotib yuborsangiz, o'zimni darvozaga zanjirlab qo'yaman, deb qo'rqitganimda ular Kulibalini sotib yuborishmagandi. Yana bir bor shunday qilishga tayyorman.

Bu kabi futbolchilar doimo jamoaga yordam qo'lini cho'zadi, qayerda qanday o'ynash kerakligini yaxshi biladi. Shu sababli uni sotib yubormasdan yana bir ajoyib mavsum o'tkazishni istaymiz.

Odamlar uning o'rniga yosh va g'ayratga to'la futbolchi bilan shartnoma imzolash kerakligini aytishadi. Kalidu ko'plab sabablarga ko'ra ommaning e'tiboriga tushgan. Uning kelajagini yaqin vaqtlar ichida muhokama qilib olamiz", - dedi Spalletti.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal