Spaletti “Inter”ga Vitcelni taklif qilmoqchi

19 yanv 2018, 23:55
“Inter” rahbariyati jamoaga Tyanczin Cyuanczyan yarim himoyachisi Aksel Vitcelni taklif etishi mumkin, deya xabar bermoqda Football Italia nashri Rai Sport’ga tayanib.

“Neradzuri”lar bosh murabbiyi Luchano Spaletti 29 yoshli belgiyalik futbolchining transferini muhokama qildi. U “Zenit”da ushbu futbolchi bilan birga faoliyat yuritgan.

29 yoshli futbolchi o'z vaqtida Italiyaga kelishi mumkin edi, ammo uning “Yuventus” bilan shartnomasi so'nggi jarayonlarda amalga oshmay qolgandi.

Vicelning dastlab ijara va keyinchalik sotib olish sharti bilan “Inter”ga o'tish varianti ko'rib chiqilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia