"Sony Playstation 4" shinavandalari uchun e'lon!

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2014, 16:00
Toshkentdagi "3D Cinema" kinoteatrida "Sony Playstation 4" o'yini bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.
O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra uchta ligada g'olib bo'lgan sovrindorlarga medallar taqdim etildi. Bundan tashqari to'rtta kubok tashkil etilgandi. Ushbu kubok finalchilari mavsumning yakuniy kunida o'zaro g'oliblik uchun kurashishdi. Final o'yinlari 50 kishilik "3D Cinema" kinoteatrining katta ekranida bo'lib o'tdi. Bu o'yinlarni taniqli sport sharhlovchisi Mirzahakim To'xtamirzaev jonli ravishda sharhlab bordi.

Tadbirga Sanjar Tursunov, Murodjon Zuhurov kabi O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari tashrif buyurishdi. Taniqli aktyor va "Istiqlol" klubi futbolchisi Alisher Uzoqov ham shu kecha barcha bilan finalni tomosha qildi. Uzoqov kubokda ishtirok etgani va yarim finalga qadar yetib borganini takidlash lozim.




2013 yilgi mavsum g'oliblari bilan tanishib oling:

"Barclays-3D" liga
1-o'rin  Ali Lider
2-o'rin  Ilzat "BVB"
3-o'rin  Kozim "FCB"

"La Liga-3D" liga
1-o'rin  Dilshod Cruzo
2-o'rin  Sanjar Izmir
3-o'rin  Dilshod Bankir

"Seria A-3D" liga
1-o'rin  Baxodir Baxa
2-o'rin  Olim FCB
3-o'rin  Shavkat Shuva

"3D-Stadium Cup"
Final: Farrux Real - Muzaffar Sebzor 3:1

"Europa league 3D"
Final: Dilmurod Elclassico - Jasur Enrique 4:2

"Champions league 3D"
Final: Ali Lider - Dilshod Bankir 3:2

"Super cup 3D"
Final: Ali Lider - Xusan Chempion 3:1


Agar Siz ham ushbu chempionatida ishtirok etishni istasangiz buni aslo kechiktirmang. Darhol quyidagi raqamlarga murojaat qiling. Barcha xohlovchilarga joy topiladi. Ayni paytda yangi ishtirokchilar uchun maxsus akciya tashkil etilganini aytib o'tish kerak.

Angliya, Italiya va Ispaniya chempionati bugun start oldi. Germaniya chempionati esa dushanba kuni boshlanishi ko'zda tutilgan.








Murojaat uchun telefon: +99894 6067333
Manzil: Hamza metro bekati. Hamza "VIVA" mebel saloni oldidagi 2 qavatli bino. "3D Cinema"

 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia