

O'zbekistonning ikkinchi darajali chempionati Pro liganing 22ta o'yinida ishtirok etib, 16ta gol urgan va Superliga klublari e'tiboriga tushgan Marchiano Birlashgan Arab Amirliklarining "Ajman" klubi bilan shartnoma imzoladi. Hozircha kelishuv muddati ma'lum emas, ammo saytimiz orqali ushbu ma'lumot tez orada e'lon qilinadi.
"Ajman" ayni damda BAA yuqori ligasida 3-o'rinni egallab turibdi.
Klub Rokki Marchiano bilan shartnoma tuzganini video orqali e'lon qildi.



