So'nggi 5 yilda transferlar bo'yicha APLda qaysi klub ko'proq mablag' ishlatgani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
8 iyun 2020, 20:10
"Sunday World" jurnalisti Kevin Palmer "Transfermarkt.co.uk" sayti ma'lumotlariga asoslanib, so'nggi 5 yilda APL klublarining transferlar uchun ishlatgan mablag'ini hisoblab chiqdi.

Ushbu davrda "Manchester Siti" barchadan ko'p pul sarflagan - 601,98 mln funt, ikkinchi o'rin esa "Manchester Yunayted"niki bo'ldi - 484,88 mln, kuchli uchlikni 267,88 mln evro bilan "Arsenal" yopib turibdi.

Navbatdagi ikki o'rinni "Everton" (225,42 mln) va "Brayton" (214,86 mln) egallagan.

Ushbu mavsum yetakchisi "Liverpul" 14-o'rinda ko'rinish bergan - 107,58 mln.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sunday World