So'nggi 20 yilda ilk marta Italiya terma jamoasi asosiy tarkibida "Yuventus" futbolchisi maydonga tushmadi

Aslanov Jasurbek
11 sen 2018, 12:16
Portugaliyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvida "Yuventus"ning biror futbolchisi Italiya terma jamoasi asosiy tarkibiga kiritilmadi.

Bunaqasi so'nggi marta JCH-1998da, Italiya Kamerunni mag'lub etganida (3:0) sodir bo'lgan edi.

Kecha, appeninliklar asosiy tarkibini "Milan", "Roma", "Torino", "Lacio", "Fiorentina", SPAL, "Jenoa" va "Chelsi" vakillari to'ldirishdi.

Portugaliya – Italiya 1:0 (0:0, 1:0)

Eshtadiu da Lush

Gol: 1:0 – 48 Andre Silva.

Portugaliya: Ruy Patrisiu, Pepe, Mariu Ruy, Joau Kanselu, Diash, Vilyam Karvalyu (Serjiu Oliveyra, 86), Ruben Nevesh, Bernardu Silva, Picci (Sanshesh, 74), Bruma (Jelson Martinsh, 77), Andre Silva.

Italiya: Donnarumma, Romanoli, Kaldara, Krishito (Emerson, 74), Kristante (Belotti, 79), Ladzari, Bonaventura, Jorjino, Keza, Dzadza, Immobile (Berardi, 59).

Ogohlantirishlar: Krishito (42), Ruben Nevesh (42), Keza (58), Berardi (69), Pepe (90).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia