Son Xyong Min "Tottenxem"ga rahmat aytdi

Xayrulla Xoliqov
2 sen 2018
Janubiy Koreyalik futbolchi Son Xyong Min Osiyo o'yinlaridagi g'oliblikdan so'ng o'z klubiga minnatdorchilik bildirdi.

Ma'lumki, musobaqaning hal qiluvchi final o'yinida Janubiy Koreya Yaponiyani 2:1 hisobida mag'lub etdi. Shundan so'ng koreyaliklar safidagi eng mashhur futbolchi shunday dedi:

- "Bu hayotimdagi eng yaxshi kunlardan biri. Chunki men oltin medalni qo'lga kiritdim. Men jamoadoshlarim uchun xursandman. Biz 120 daqiqa kurashdik. Lekin muxlislarimiz bo'lmaganida bu yutuqni qo'lga kirita olmasdik. Shu o'rinda klubim "Tottenxem" rahbariyatiga ham minnatdorchilik bildiraman. Agar klub meni qo'yib yubormaganida ushbu musobaqada qatnasha olmasdim. Endi Angliyaga borib, bor e'tiborimni klubdagi o'yinimga qarataman".


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com