Son Xyon Min “Tottenxem” bilan shartnomasini uzaytiradi

3 mar 2018, 08:36
Klub koreyalik o'yinchi bilan shartnomani tez orada uzaytiradi.

Sonning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi ikki yildan so'ng o'z nihoyasiga etadi. Ammo “Tottenxem” uni jamoada ko'proq olib qolish uchun, futbolchiga ko'proq maosh to'lanadigan yangi shartnomani taklif qiladi.

 Son Xyon Min ushbu mavsum jamoa uchun 13 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Sun