

"Antonio uchun afsusdaman. U jahon darajasidagi murabbiy. U bilan birgalikda katta yo'lni bosib o'tdik. Undan juda ham mamnunman. Boshqa futbolchilar nimani o'ylayotganini bilmayman, biroq men afsusdaman.
Uning qolishi uchun maydonda o'ynashim kerak edi. Biroq jamoaga yordam bera olmadim va qandaydir darajada mas'uliyatni his qilyapman. Uning qobiliyatlari ko'p. Ishonamanki, faoliyati davomida ko'plab muvaffaqiyatlarga erishadi", - dedi janubiy koreyalik futbolchi.



