Soligorskning “Shaxtyor” klubi forvardi faoliyatini RPLda davom ettiradi

Eldor Akmurzayev
8 iyul 2020, 21:25
Bu haqda Sport-Ekspress xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Vitaliy Lisakovich Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi a'zosiga aylanadi va bu kelishuv yaqin orada amalga oshishi aytilmoqda. Shuningdek, 22 yoshli futbolchiga “Rostov”, “Ufa” hamda SSKA ham qiziqqan.

Lisakovich Belarus chempionatida 9 ta gol urgan holda Jasurbek Yaxshiboev bilan to'purarlik qilmoqda. Avvalroq, Yaxshiboev faoliyatini aynan soligorskliklar tarkibida davom ettirishi haqda xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport-express.ru