Solari Ispaniya Kubogi haqida: "Real" doimo favorit"

Aslanov Jasurbek
4 fev 2019, 10:50
"Real" bosh murabbiyi Santyago Solari "Barselona"ga qarshi bo'ladigan Ispaniya Kubogi yarim final o'yinlari haqida fikr bildirdi.

"Real" - doimo favorit. Buni kamtarlik ila aytyapman, ammo har doim g'alaba qozonishga intilamiz. Eyforiyada bo'lmaymiz, hammasini boricha qabul qilamiz, energiyamizni keyingi bahsga yo'naltirishga intilamiz. Birinchi o'rin bilan farqni qisqartirish uchun oxirigacha harakat qilamiz" - deydi Solari.

Ikkinchi yarim finalda "Betis" va "Valensiya" to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca