

"Marca" xabariga ko'ra, 6 mart kuni Isko YCHL doirasida "Ayaks"ga qarshi o'yinga zaxirada qolgani uchun bormagan. Oradan ikki kun o'tib, xavbek bundan kechirim so'ragan.
"Tartib bo'yicha muammolarni klub ichida hal qilamiz. Futbolchi doimiy tarzda asosiy tarkibda o'ynashi uchun jismoniy holati yaxshi bo'lishi kerak", - dedi Solari.
Oldinroq ma'lum bo'lganidek, Isko ushbu mavsumning o'zida uch marta murabbiy bilan qo'l siqishmadi.



