"So'g'diyona" yig'iniga Artyom Filiposyan va xorvatiyalik futbolchi kelib qo'shildi

Alisher
15 yanv 2022, 10:38
"So'g'diyona" jamoasining Toshkentdagi yig'ini davom etmoqda.

Jizzaxliklarning mashg'ulotiga himoyachi Artyom Filiposyan, xorvatiyalik futbolchi Yuriy Obsivach kelib qo'shilishdi. Avval xabar berganimizdek, yig'inda Marat Bikmaev, Behruz Shodmonov, Doniyor Abdumannopov ham qatnashmoqda. 

Jamoani esa Ergash Ismoilov, Jamshid Boltaboev, Jasur Hakimov, Asiljon Begimqulov tark etgan. Tarkibda yana o'zgarishlar ro'y berishi kutilyapti.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia