"So'g'diyona" yangi futbolchilarni tanishtirdi

Narzulla Saydullayev
6 mar 2020, 19:47
Bugun "So'g'diyona" jamoasi o'z markaziy stadionida yangi mavsum oldi klubga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarni tanishtirish marosimini o'tkazdi.

Jamoa safiga 7 nafar yangi futbolchi kelib qo'shildi va ularning ikkitasi legionerlar sanalishadi.

O'tgan mavsumda AGMK sharafini himoya qilgan Sanat Shixov joriy yildan e'tiboran "So'g'diyona"da o'ynamoqda. Shuningdek, "Navbahor"dan yarim himoyachi Ayubxon No'monov, "Dinamo"dan hujumchi Bahodir Nasimov, "Metallurg"dan himoyachi Shavkat Mullajonov hamda "Bunyodkor"dan qanot vingeri Javohir Qahramonov olib kelindi. Legionerlar esa Braziliya va Serbiyadan: Elivelto Rebeiro Dantas va Marko Kolakovichlar jamoaga kelib qo'shilishgan.




Og'abek Samisov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia