“So'g'diyona” U-16 darvozaboni Ispaniyadagi akademiyada tahsil olmoqda

Narzulla Saydullayev
9 noya 2018, 11:53
Bilamizki, Ispaniyada futbol juda rivojlangan va Ispaniya futbol akademiyalari dunyoga bir nechta kuchli futbolchilarni yetishtirib beradi.

Dunyodagi har bir yosh  futbolchi Ispaniya futbol akademiyalarida tahsil olishni istaydi.

Bizni quvontirgan xabar shu bo'ldi-ki, “So'g'diyona” U-16 va  U-18 tarkibidagi yorqin o'yinlari bilan muxlislarning olqishiga sazovor bo'lgan yosh darvozabon Diyor Ibragimov Ispaniyaning “Next stars” akademiyasida tahsil olmoqda.

Diyor ushbu akademiyaga tanlov asosida qabul qilindi va hozirgi kunda Ispaniyaning El Puerto de Santa Maria shahrida bo'lib turibdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати