"So'g'diyona" Turkiyadagi oxirgi nazorat uchrashuvida g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
17 fev 2019, 10:49
Sergey Lushan boshchiligidagi "So'g'diyona" jamoasi Antaliyadagi oxirgi o'yinini Polshaning "Katovice" klubiga qarshi o'tkazdi.

Unda So'g'diyona futbolchilarning qo'li baland keldi. O'yin keskin kurashlarga boy o'tdi. Har ikki klub yaxshi vaziyatlarga ega bo'lishdi. Lekin hisobni ochish jizzaxliklarga nasib etdi. 83-daqiqada Izzatilla Abdullaev bahsdagi yagona golni raqiblar darvozasiga urdi.

"Katovice" (Polsha) - "So'g'diyona" (O'zbekiston) 0:1
Gol:
Izzatilla Abdullaev 83




"So'g'diyona"ning Antaliyadagi yig'in davomida o'tkazgan o'rtoqlik uchrashuvlarida qayd etgan natijalari:

06.02.2019
"So'g'diyona" - "Bachka" 2-2

07.02.2019
"So'g'diyona" - "Istiqlol" 1-0

09.02.2019
"So'g'diyona" - "Fredrikstad" 1-1

12.02.2019
"So'g'diyona" -"Astana" 0-0

14.02.2019
"So'g'diyona" - "Zarya" 1-0

16.02.2019
"Katovice" - "So'g'diyona" 0-1


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати