“So'g'diyona” oq-qora, “Qo'qon-1912” havorang formalarda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
24 apr 2018, 14:40
Bugun Jizzaxdagi “So'g'diyona” stadionida superliga 8-turidan o'rin olgan “So'g'diyona” hamda “Qo'qon-1912” jamoalari vakillari va o'yin komissari ishtirokida majlis bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda ertangi o'yin bilan bog'liq bo'lgan tashkiliy masalalar ko'rildi. O'yin komissari E.Baxtiyorov yana bir bor jamoalar vakillariga reglament bo'yicha tartib qoidalarni eslatib o'tdi

Jamoalar ertangi o'yinda qaynday rangdagi liboslarda maydonga tushishlari haqida ham kelishib olishdi. Unga ko'ra  “So'g'diyona” jamoasi oq-qora, “Qo'qon-1912” jamoasi esa havorang liboslarda maydonga chiqishlari ma'lum bo'ldi. Uchrashuv hakamlari esa qizil rangli liboslarda uchrashuvni boshqarib borishadi.

Qo'qondan kelgan muxlislar uchun Jizzaxdagi 12-stadionda  sektor ajratiladi. Mehmon jamoa muxlislariga bepul chiptalar taqdim qilinadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати