

Ushbu o'yinda Olmaliqdagi stadionda o'z sevimli jamoalarini qo'llab-quvvatlash istagida bo'lgan jizzaxlik muxlislarning borib-kelishlari uchun 5 ta avtobus tashkillashtirildi. Muxlislar tashrifiga qarab avtobuslar soni ko'payishi mumkin. Muxlislarning Olmaliq shahriga borish va kelish harajatlari bepul. Ushbu o'yinga borishni hohlovchi muxlislar 25 noyabr kuni soat 10:00 gacha “So'g'diyona” markaziy stadionida hozir bo'lishlari so'raladi.
Murojaat uchun telefonlar: +998915673537, +998902645507, +998915988100, +998915994050.


