

Shundan so'ng “So'g'diyona” qisqa muddatli tatilga chiqdi. Bugun jamoa a'zolari “So'g'diyona” qarorgohiga yig'ildi va navbatdagi raqib “Metallurg” jamoasiga qarshi tayyorgarlikni boshlab yubordi. Mashg'ulotlar ikki mahal olib borilmoqda. 10-turda o'rin olgan ushbu bellashuv 12 may (juma ) kuni soat 17:00 da Bekobodning “Metallurg ” stadionida bo'lib o'tadi. O'rinbosarlar uchrashuvi 11 may kuni soat 16:00 da “Anatoliy Anoxin” stadionida bo'lib o'tadi.
“So'g'diyona” matbuot xizmati



