"So'g'diyona" himoyachisi "Lokomotiv"ga o'tdi

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2020, 12:16
O'tgan mavsum "So'g'diyona"da o'ynagan himoyachi Sherzod Fayziev faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.

Futbolchi Toshkentning "Lokomotiv" klubi bilan bir yillik shartnoma tuzdi. Bu haqda Fayzievning o'zi saytimizga ma'lum qildi. 

"Kecha kechki payt "Lokomotiv" bilan kelishuvga erishdim va bugun shartnoma tuzdim. Yangi mavsumda milliy chempionatda va OCHLda klubda yordam berishga harakat qilaman. "So'g'diyona" klubidagi barchaga rahmat aytaman", - deydi Fayziev. 

Ma'lumot uchun, himoyachi uchun ushbu klub begona emas. 2016 va 2017 yilgi mavsumlarda u "Lokomotiv"da o'ynagan. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia