

O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari Eldor Shomurodov hamda Abbos Fayzullayevlar uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashdi. "Bashakshehir" 5:1 hisobida g'alaba qozongan o'yinda Shomurodov va Fayzullayev o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Eldor Shomurodov bitta golda assistent rolini ham bajardi.
Sofascore nashri kechagi bahs uchun Eldor Shomurodovga 7,9 baho qo'ydi. Abbos Fayzullayev esa 9,3 bahoga loyiq ko'rildi.




