

Mezbonlar safida hujumchi Eldor Shomurodov va yarim himoyachi Abbos Fayzullayev o'yinni asosiy tarkibda boshladi. O'yinda to'p kiritgan Shomurodov 89-daqiqada, Fayzullayev esa 57-daqiqada zaxiraga olindi. Yarim himoyachi 45-daqiqada sariq kartochka oldi.
Sofascore nashri Shomurodovga 8 baho qo'ydi. Fayzullayev esa 6 ballga loyiq ko'rildi.




