Sofascore. Jamoasi mag'lub bo'lgan G'aniev necha baho oldi?

Khoja
18 okt 2025, 09:33
Kecha BAA chempionatining navbatdagi turida "Al Bataeh" "Al Vahda"ni mehmon qildi.

Uchrashuv mehmonlarning 1:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Mezbonlar safida Azizbek G'aniev asosiy tarkibda maydonga tushdi va 89-daqiqada zaxiraga olindi.

Sofascore nashri hamyurtimizning harakatlariga 6,9 baho qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sofascore.com