Sneyder - Gollandiya rekordchisi

Narzulla Saydullayev
10 iyun 2017, 08:05
Gollandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Uesli Sneyder JCH-2018 saralashi doirasida Lyuksemburgga qarshi maydonga tushdi.

Bu Sneyder uchun terma jamoa safidagi 131-o'yin bo'ldi. Shu tariqa, 33 yoshli futbolchi Gollandiya terma jamoasining bu boradagi rekordchisiga aylandi. U Edvin van der Sarni (130 o'yin) ortda qoldirdi.

Rekordlar ularni yangilash uchun o'rnatiladi. Sneyder bu rekordni yangilaganidan faxrlanaman, – deb yozadi van der Sar tvittyerda.

Oldinroq Sneyder Galatasaroydan Zenitga 4-5 million evro evaziga o'tishi aytilgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe