Smolling jarohati sabab ikki haftani o'tkazib yuboradi

Alisher
11 fev 2021
"Roma" himoyachisi Kris Smolling jamoaning bir necha o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

Angliyalik futbolchi jarohati sabab ikki hafta davomida maydonga tusha olmaydi. Shunday ekan Smolling "Udineze" (14 fevral) va "Braga" (18 fevral) jamoalariga qarshi o'yinlarda o'ynamaydi.

Oldinroq, 31 yoshli himoyachi Italiya chempionati doirasidagi "Yuventus" (0:2)ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgan edi.

Smolling joriy mavsum A Seriya doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Football-Italia