

"Biz o'yinni yaxshi boshladik va kerakli natijaga erishamiz deb o'ylagandik. Guruhda yaxshi start olmoqchi bo'ldik, ammo o'zimizning odatiy saviyamizdan past o'ynadik. "Feyenoord" juda ko'p vaziyat yarata olgani yo'q, lekin biz ham etarlicha harakat qilmadik.
Mag'lubiyat tufayli guruhning ikkinchi o'yinida bosim ostida bo'lamiz. Ammo guruhni birinchi o'rin bilan yakunlash uchun bizda yana beshta uchrashuv bor" - deydi Smolling.


