Smolling: "A Seriya har doim maqsadim bo'lib kelgan"

"Manchester Yunayted" a'zosi, "Roma"ga ijaraga berib yuborilgan Kris Smolling A Seriya haqida aytib o'tdi.

"A Seriya har doim maqsadim bo'lib kelgan. Bir kuni shu yerda o'ynashni istardim. Himoyachi Italiyada imkoniyatlarini sinab ko'rishga imkon bo'lsa, u albatta buni qilishga urinib ko'radi. APLda juda ko'p o'yinlar o'tkazdim. Endi avval o'rgangan sifatlarimni A Seriyaga etkaza olaman. Tezroq o'yinga tushishni kutmoqdaman.

Angliyaning aksariyat o'yinchilari xorijda to'p tepmaydi, lekin menda har doim yuqori maqsadli jamoalarga borib tajriba oshirishni istaganman", - deya Smolling so'zlarini keltirmoqda Football Italia nashri.  


Manba: football-italia.net