Sport yuristi Smirnov: "Safonov transferi deyarli hal bo'lgan"

Omonjon To`xtamirzayev
23 may 2024, 18:21
Cport yuristi Anton Smirnov golkiper Matvey Safonovning "Krasnodar"dan PSJga o'tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"Mendagi ma'lumotlarga ko'ra, bu kelishuv chindan amalga oshishga yaqin. Biroq bu futbol va unda nimalar bo'lmagan deysiz, shu sababli avval PSJ va "Krasnodar"dan rasmiy xabarlarni kutganimiz maqul.

Hozirgi vaziyatda ham shu kabi transferlarni, RPLdan Yevropaning top-klublariga o'tishni amalga oshirish mumkinmi? Ha, albatta. Nima uchun yo'q? Bunga yaqinda Ispaniyaga ketgan Zaxaryan va Fransiyaga yo'l olgan Kuzyaev yorqin misol bo'la oladi.

O'ylashimcha, yozda Rossiyada ayniqsa darvozabonlar transferlari ko'p bo'ladi. Bunga qisman Safonovning ketishi ham sabab bo'ladi. "Krasnodar" chindan PSJ bilan kelisha olsa, asosiy darvozabon almashadi, SSKAda Torop jiddiy jarohat oldi - yana bir qator klublarda darvoza chizig'ini kuchaytirishi kerak".

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: bookmaker-ratings.ru