

- Jamoam o'yinidan qoniqdim. Biz bor kuchimiz bilan kurashdik. O'yin tugagach shogirdlarimga shunday o'ynasak musobaqa jadvalida yuqoriga ko'tarilishimizni aytdim. Biz kuchli raqibga qarshi 10 kishi bo'lib o'ynadik. Feguli chetlatishga loyiq emasdi. Bu o'yindagi holat edi. Hakam o'z qarori bilan "Vest Xem"ni o'ldirdi, - deydi Bilich Sky Sports nashriga.



