Sky Sport Italia: Anchelotti "Real"dan haydaladi

Real bosh murabbiyi Karlo Anchelotti iste'foga chiqariladi deya xabar bermoqda Sky Sport Italia.

Yakshanba kuni "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres hamda Karlo Anchelotti telefon orqali gaplashishlari kutilmoqda. Suhbat so'nggida Florentino Peres Karlo Anchelottiga uni ishdan olishini ma'lum qilishi kutilmoqda.

Anchelotti keyinchalik – Milan, Barselona, Bavariya va Manchester Siti kabi jamoalarni boshqarishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.


Manba: sports.ru