Sky Germany jurnalisti: "Gvardiola "Manchester Siti"ni boshqarishini 100% bilamiz"

Aslanov Jasurbek
6 yanv 2016, 15:24
"Bavariya" ustozi Xosep Gvardiola joriy mavsum oxirida klubni tark etib, faoliyatini Angliyada davom ettirishini ma'lum qildi.

Sky Germany muhbiri Uli Kyolerning fikricha, mutaxassis "Manchester Siti"ni boshqaradi.

"Gvardiola "Manchester Siti" bosh murabbiyi bo'lishini 100% bilamiz. Bu klubda Pep anchadan beri do'st bo'lgan Soriano va Begiristayn ishlaydi. Fikrimcha, "shaharliklar" rahbariyati Gvardiolani jamoaga olib kelish uchun ularni ishga olgan" - deydi Kyoler.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports News HQ