Skoulz: "Manchester Yunayted" chempionlik uchun da'vogarlik qilmaydi"

Aslanov Jasurbek
9 avg 2018, 12:55
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulzning fikricha, MYU futbolchilari jamoaning qoniqarsiz holati tufayli norozi.

"Men ham sodir bo'layotgan voqealardan norozi bo'lardim. Futbolchilar Joze Mourinyo qo'l ostida futboldan rohat olishmayotgan ko'rinadi.

Agar ularning o'rnida bo'lganimda va shu uslubda o'ynaganimda, men ham xafa bo'lardim. Odatda bosh murabbiy ularning o'yini tomoshabop bo'lishini istaydi. Afsuski, so'nggi vaqtlarda "Manchester Yunayted" bu ishni juda kam amalga oshirmoqda.

Mourinyo qiyin vaziyatda. Uning jamoasi chiroyli o'yin ko'rsatmayapti, biroq MYU chempionlikka ham da'vogarlik qilmayapti. Mourinyo iste'fo berishi mumkin.

Ammo u katta tajribaga ega. Mourinyo avval ham qiyin vaziyatlarda qolgan. Ammo hozirgi holatda "Manchester Yunayted" chempionlikka da'vogar bo'la olmasa kerak" - deydi Skoulz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail