Skoulz "Qayrat"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etadi

Aslanov Jasurbek
8 sen 2014, 13:12
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz, "Qayrat" klubining 60 yilligiga bag'ishlangan tadbirida ishtirok etadi.

Dunyo terma jamoasi va "Qayrat"ning afsonalari o'rtasidagi uchrashuv 26 sentyabrda Olmaotaning Markaziy stadionida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Dunyo terma jamoasida Skoulzdan tashqari Franchesko Toldo, Yens Lemann, Paolo Maldini, Xaver Zanetti, Alessandro Kostakurta, Kaxaber Kaladze, Fabio Kannavaro, Kristian Panuchchi, Serjinyu, Rivaldo, Luish Figu, Leonardo, Edgar Davids, Klarens Zeedorf, Andrey Shevchenko, Kristian Veri va Duayt York o'rin olgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru