Skoulz faoliyatidagi eng qiyin uch raqibni aytdi

Eldor Akmurzayev
29 yanv 2023, 09:55
“Manchester Yunayted” afsonasi Pol Skoulz futbolchilik faoliyatida to'qnash kelgan eng qiyin raqib futbolchilari haqida gapirdi.

“Markaziy yarim himoyada o'ynaganimda, uchrashuvga o'zimni tayyorlab chiqishni yaxshi ko'rardim: oldimda vaqt to'xtashini, atrofimda hech kim bo'lmasligini istardim, shunchaki atrofimda bo'sh joy bo'lishi va to'pni xohlagan tomonga oshirish imkoni.

Ammo Robbi Sevij kabi futbolchilarga qarshi o'ynasang, bu ish bermaydi. Uni yopishga harakat qilish juda qiyin edi. Buni unchalik istamasdim, hammasi yaxshi o'tishi va erkin harakat qilishni xohlardim.

Shuningdek, Patrik Vieyraga qarshi o'ynash ham qiyin o'tgan, u juda yirik edi. To'pni o'zimda deb o'ylaysan va keyin u koptokni boshing uzra olib o'tadi. U ham aqlli futbolchi bo'lgan.

Ko'pchilik eslay olmaydigan yana biri bor. Yodimda, “Portsmut”ga qarshi o'ynaganimzda u yerda Buba Diop bor edi: zabardast, kuchli. Uni “shkaf” deb atashgan! U bilan bahsga kirishishim uchun jismonan harakat qilishim, bunga ter to'kishim kerak edi. Doimo unga qarshi o'ynash menga noqulaylik tug'dirardi. Albatta, u Vieyra emasdi, ammo uning o'ziga xos istedodi bor edi”, deydi Skoulz.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Sun`