Skoulz, Bekxem "Manchester Yunayted" uchun o'ynaydi

Mirjalol Normatov
14 mar 2019, 23:55
"Manchester Yunayted" va "Bavariya" afsonalari xayriya uchrashuvini o'tkazishadi, deb xabar beradi "qizil iblislar" matbuot xizmati.

Uchrashuv mankunianliklarning YCHLdagi g'alabasi 20 yilligini nishonlashga bag'ishlanadi. Ushbu o'yinda "Manchester" tarkibida Devid Bekxem, Pol Skoulz va Ole Gunnar-Sulsher kabi insonlar ham harakat qiladi. Jamoani esa Ser Aleks Fergyuson boshqaradi.

Bahs 26 may kuni "Old Trafford"da o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com