Skaloni: "Agarda bu Messining JCHdagi so'nggi o'yini bo'lsa, yutishga harakat qilamiz"

Mirjalol Normatov
17 dek 2022, 21:10
Argentina termasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni milliy jamoa sardori Lionel Messi uchun ham g'alaba kerakligini aytdi.

"O'z fikrimizga qarab bahsga tayyorlanyapmiz. Bizningcha, biz qanday reja qilsak, raqib ham shunday o'ynaydi.

Messi? Umid qilamanki, agarda Messining JCHdagi so'nggi o'yini bo'lsa, sovrinni qo'lga kiritishimiz kerak. Bu bir tomondan ajoyib bo'lardi. Barcha bundan zavq olardi.

JCHdagi so'nggi o'yiningda sovrin bilan  chiqib ketishdan boshqa ajoyib ssenariy bo'lmasa kerak-a?", - dedi Skaloni.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal