Siz “Qo'qon-1912” jamoasida o'ynashni xohlaysizmi?

Narzulla Saydullayev
24 noya 2015, 08:18
“Qo'qon-1912″ jamoasi O'zbekiston chempionatining oliy ligasida o'ynay boshlaganidan so'ng, tabiiyki mahalliy yoshlar orasida jamoamizda o'ynash istagini bildirayotgan yoshlar ham ko'payib bormoqda.

O'z navbatida jamoa rahbarlari ham mahalliy yoshlarga etiborni oshirish maqsadida, Farg'ona viloyati hududida 1998-1999 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida ” Siz “Qo'qon-1912″ jamoasida o'ynashni hohlaysizmi ?” deb nomlangan futbol turnirini o'tkazishini ma'lum qiladi. Turnirda yuqorida ko'rsatilgan yillarda tug'ilgan yoshlardan iborat bo'lgan Qo'qon shahri va Farg'ona viloyati tumanlarining jamoalari ishtirok etishlari mumkin.

Musobaqa 2-6 dekabr kunlari Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tadi. Unda  ishtirok etishni istagan jamoalar 30-noyabr sanasiga qadar “Qo'qon-1912” klubiga  zayavkalarni topshirishlari talab etiladi.

Bu musobaqada o'zini ijobiy tomonlama ko'rsatgan yosh futbolchilar keyingi yil “Qo'qon-1912” jamoasining o'rinbosarlari tarkibiga jalb qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun +99891 687 72 76 telefoni orqali murojaat qilishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif