"Siti" yetakchisi "Real"ga o'tishni istamadi

Mirjalol Normatov
22 yanv 2019
"Real" "Manchester Siti" yetakchisi Kevin De Bryuyne bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'rdi.

"Don Balon" xabariga ko'ra, "galaktikos" futbolchiga ajoyib shartnoma taklifi bilan chiqqan. Biroq xavbek bunga rad javobini bergan. Belgiyalik futbolchi "shaharliklar" tarkibidan ketmoqchi emas.

Bu mavsumda Kevin jamoasi tarkibida 13 o'yinda qatnashdi va 3 gol urib, 2 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal