Sisse Senegal terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi

Sherzod Nurmatov
4 okt 2024
Mashhur senegallik sobiq futbolchi Aliu Sisse bundan buyon mamlakatning asosiy jamoasi murabbiyi emas.

Mamlakat futbol federatsiyasi 9 yillik mehnatidan so'ng 48 yoshli mutaxassis bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilganini ma'lum qildi.

Senegal terma jamoasi ziginshorlik murabbiy qo'l ostida o'z tarixida ilk bor Afrika Kubogi g'olibligini qo'lga kiritgan edi.

Bu lavozimda Aliu Sissening o'rinbosari kim bo'lishi hozircha noma'lumligicha qolmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC