Sinisha Mixaylovich koronavirusdan forig' bo'ldi

“Bolonya” klubi bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich koronavirusdan sog'aydi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Mutaxassis COVID-19 uchun ikki bor test topshirdi va har ikala safar ham u manfiy natija berdi. Ertaga, 8 sentyabr kuni murabbiyi jamoa safiga qaytadi. Eslatib o'tish joiz, 51 yoshli mutaxassis 23 avgustdan buyon ushbu kasallik bilan kurashib kelayotgandi.


Manba: "Болонья" ФК расмий сайти