JCH-2022 saralashidagi raqibimiz Singapur ertaga Iordaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
4 okt 2019, 08:59
JCH-2022 saralashi doirasidagi guruhdoshimiz Singapur ertaga o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Tatsuta Yoshida boshchiligidagi Singapur mundial saralashi doirasida 10 oktyabr kuni safarda Saudiya Arabistoni, 15 oktyabr kuni o'z maydonida O'zbekiston terma jamoasi bilan o'ynaydi.

Bu o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Singapur ertaga, 5 oktyabr kuni Amman shahrida Iordaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Ma'lumot uchun, Singapur JCH-2022 saralashi doirasida ilk turda Yaman bilan 2:2 hisobida durang o'ynagan, so'ngra Falastinni 2:1 hisobida mag'lub etgandi.


Singapur terma jamoasining O'zbekiston va Saudiya Arabistoni bilan o'yin uchun tarkibi         



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia