Simons "Leyptsig" va "Bavariya"dan birini tanladi

Sherzod Nurmatov
26 iyul 2024, 13:50
Niderlandiyalik futbolchi bir qarorga keldi.

PSJ yarim himoyachisi Xavi Simons "Leyptsig"da qolishni afzal ko'rmoqda, deb xabar berdi "Bild". 

Futbolchi o'tgan mavsum ijara asosida aynan "buqalar" safida o'ynagandi.

"Leyptsig" ham xuddi shunday shartlar ostida futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Niderlandiyalik futbolchiga "Bavariya" ham da'vogarlik qilmoqda. Nemis OAVning yozishicha, Simons "buqalar"ni tanlagan, chunki ular unga asosiy tarkibdan joy kafolatlagan.

PSJ 21 yoshli xavbekni yana ijaraga berishga tayyor, ammo parijliklar avvalo Kilian Mbappe o'rnini to'ldirmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild