Simone Inzagi Italiya chempionatining dekabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Оқил Абдубарноев
5 yanv 2022, 21:19
"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi dekabr oyida Italiya chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda A Seriya matbuot xizmati xabar berdi.

Dekabr oyida "Inter" uning qo'l ostidagi 5 ta o'yinda g'alaba qozongan.

Malum bo'lishicha, Inzagiga maxsus sovrin A Seriyaning 21-turidan o'rin olgan "Inter" - "Lacio" uchrashuvi oldidan topshiriladi. Ushbu bahs 10 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/SerieA